Suriya Arab Respublikasidagi o’zbeklar
Страницы из истории Узбекских эмигрантов в САР
صفحات من تاريخ الجالية الأوزبكية في الجمهورية العربية السورية
طشقند - 2010
تأليف:
- Мухаммад аль-Бухари: Профессор, кафедрой свозы с общественности и реклама, факультета журналистики Национального университета Узбекистана имени М.Улугбека.
أ.د. محمد البخاري: بروفيسور قسم العلاقات العامة والإعلان بكلية الصحافة في جامعة ميرزة ألوغ بيك القومية الأوزبكية.
عماد الأرمشي: متخصص بالدراسات التاريخية العربية والإسلامية.
Qisqacha tarixiy ma’lumot
Suriya (Suriya Arab Respublikasi)-g’arbiy osiyoga kiruvchi yaqin sharqdagi mamlakat.
Miloddan avvalgi 2mingyillikdan boshlab Suriya Rim va Vizantiya imperiyalari , shuningdek, Yaqin Sharqdagi turli davlatlar tarkibida bo’lgan.
VII asrning 30-yillaridan Arab halifaligi tarkibiga kirgan; 661-750 yillar Ummaviylar halifaligining siyosiy va madaniy markazi bo’lgan.
X asrda, XVI asr boshlarida Suriya hududi arablar misrliklar, turklar va xristianlar hukmronligi ostida bo’lgan.
I-Jahopn urushiga qadar Suriya Usmonli turklar tarkibida bo’lgan(5116-1918).
1920 yildan Fransiya mandate ostidagi hudud bo’lgan. 1941 yil 27 sentyabrda Suriya nomiga rasmiy ravishda mustaqilligi e’lon qildi. Faqatgina 1946 yil 17aprelda ya’ni chet el qo’shinlari mamlakat hududdan chiqib ketgandan keyingina Suriya to’laqonli tarzda mustaqillikka erishdi. Bu kun mamlakat milliy bayrami sifatida nishonlanadi. (“Evakuatsiya kuni”).
1958 yil Suriya Misr bilan Birlashgan Arab Respublikasiga birlashdi. 1961 yil Birlashgan Arab Respublikasi tarkibidan chiqib o’zini Suriya Arab Respublikasi deb e’lon qildi.
1963 yil hokimiyatga Sotsial arab tiklanish partiyasi keladi. Bu sana Suriyada inqilob bayrami sifatida nishonladi.
1967 yil iyun oyida Isroil Suriyaning bir qancha hududlarini , shu jumladan, Golan tepaligini bosib oldi. (1973 yil harbiy harakatlar natijasida bir qancha hududlar ozod etildi).
1960 yillar boshlarida mamlakatda keng miqyosdagi sanoatlashtirish boshlangunga qadar Suriya agrar mamlakat hisoblanar edi.
Hozirgi kunga kelib ham davlat barcha sohalarda boshqaruvchilik vazifasini bajaradi.
Aholining 40% qishloq xo’jaligi bilan band.
1970 yili hukumat tashabbusi bilan samarali irrigatsiya tizimidan foydalanish natijasida hosildor erlar maydoni 50% gacha kengaydi.
Qishloq xo’jaligi uchun eng hosildor erlar O’rta yer sohillari bo’ylarida joylashgan. Ular Jabol al Nusayrida , Aleppo atroflari, Damashq atrofi, Yefrot va Xabur daryolari oralig’ida joylashgan. Damashq , Aleppo va Xams asosiy sanoat markazlari. Yetishtiriladigan asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlari: bug’doy , arpa, paxta, no’xot, shakarqamish, qoramol, qo’y tuxum, parranda , sut, meva va sabzavotlar.
Asosiy sanoat mahsulotlari: neft, engil sanoat mahsulotlari, ichimliklar, kimyoviy ashyolar, tamaki, fosfor, mashinasozlik. Shuningdek keng miqyosda qo’l mehnatiga asoslangan ipak, charm va shishadan yasaladigan hunarmandchilik mahsulotlari yasash keng tarqalgan. Asosiy qazilma boyliklar: neft-shimoli sharqiy hududda qazib olinadi; tabiiy gaz, asosan “Al-Jazira” hududida olinadi; fosfat va tuz.
1974 yildan Suriyaning asosiy daromad manbai neft bo’lib kelmoqda. Neft eksport qilinadigan mahsulotlarning 65% ni tashkil qiladi.
2001 yilda kuniga 522.700 barrel neft qazib olingan. Aniqlangan neft zahiralari2,4 mlrd barrel. 2002 yil yanvar oyiga kelib aniqlangan tabiiy gaz zahiralari 240,7 mlrd kubometr.
Latakiya va tartus suriyaning asosiy dengiz portlaridir. Suriyaning yillik import miqdori qiymat ko’rinishida eksport miqdoridan ko’proq. Asosiy import qilinadigan mahsulotlar sirasiga; mashina va asbob uskunalar, metallar, engil sanoat mahsulotlari, kimyo va keng istemol mollari kiradi. Neft tekstil, qishloq xo’jalik mahsulotlari va fosfat asosiy eksport qilinadigan mahsulotlar. Asosiy savdo-sotiq qilinadigan davlatlar; Germaniya, Italiya, Fransiya, Livan, va Saudiya Arabistoni. Tabiiy boyliklar; neft, fosfat, temir rudasi, tuz, mramir, gips, gidroresurslar.
2000 yil 17 iyuldan xukumat boshlig’I president Bashir al-Asad hisoblanadi. 2007 yil 27 mayda bo’lib, o’tgan prezidentlik saylovlarida Bashir al-Asad saylovchilarning 97,62% ovozini to’plab ikkinchi bor ushbu lavozimga saylandi.
2002 yil YaIM 3,5 % ga o’sdi.YaIM aholi soniga 3500 AQSh dollarini tashkil etdi.
Qayta ishlangan neft va neft mahsulotlari, meva sabzavot, kiyim kechak, go’sht mahsulotlariniGermaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Livan, Ispaniya, Avstriya, Saudiya Arabistoni va Iroq davlatlariga eksport qilish natijasida 2002 yilda eksport miqdori 6,2 mlrd dollarni tashkil etdi.
Suriyaning pul birligi bo’lgan 11,225 Suriya funti 1$ga teng(20.05.2007)
Umumiy temir yo’l uzunligi 2,743 kmni tashkil etadi. Avtomagistral yo’llar umumiy uzunligi 41,451km, shundam 9,575 km qattiq qoplamali va 31,876 km grunt qoplamali. Suv yo’llari uzunligi esa 870 km.
Shu bilab birga Suriya keng imkoniyatlar beruchi Suriya va Evropa ittifoqi o’rtasidagi bitim ham imzolangan. 20002 yil dekabr oyida Evropa va O”rta Yer dengizi mamlakatlarihamkorlik bitimi imzolanishi jarayonida Suriya vaEvropa rasmiy vakillari barcha masalalarda o’zaro kelishuvga erishgan. Bu bitimga ko’ra Suriya hududida xorijiy banklar faoliyatiga ruxsat berildi. Buerda amalda bo’lgan qora bozorda balyutaga oid operatsiyalarni amalgam oshirganlikda ayblangan shaxslarni xibsga olish va qamoq jazosi tayinlanishi to’g’risidagi qonun bekor qilindi.
2002 yil Suriya hukumati 1990 yildan buyon yopib qo’yilgan Suriyani Iroq mosul shahri bilan bog’lovchi temir yo’lning ochilishiga ruxsat berdi. Temir yo’lning qayta ochilishi ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning rivojlanishiga qaratilgan.
Suriya va O’zbekistonning tarixiy aloqalari.
Suriya va O’zbekiston aloqalari sobiq ittifoq davridan boshlangan va Suriya prezidenti Xofiz al-Asad tomonidan qo’llab – quvvatlangan. Xususan bu aloqalar to’g’risida u “bizning aloqalarimizning tarixiy ildizlari mavjud bo’lib, o’zaro xurmat va do’stlikka asoslangan” deb ta’kidlab o’tadi.
1944 yil 26 oktyabrda Sobiq Ittifoqning muxtor elchisi Suriya bosh vaziri Saydulloh al- Jabriga sovet xukumatining vakolatli elchisi sifatida xujjatlarni taqdim etgan kundan sobiq ittifoqi Suriya va livanni mustaqil davlat sifatida tan olgan edi.
Suriya o’z mustaqilligini e’lon qilishiga qaramasdan Fransuz xukumati bu hududdagi o’z ta’sir doirasini yo’qotishni istamas edi. Shu maqsadda Fransiya Suriya va Livan hududida o’zining dengiz va xavo kuchlarini joylashtirishni talab qildi. Shuningdek chet mamlakatlar manfaatlariga xizmat savdo va iqtisodiy shartnomalarni imzolashga harakat qilindi. Shundan keyin Suriya hududida inqiloblar avj olishi bilan birga xorijuy mamlakatlarning bosimi kuchaydi. Bu holatda vaziyatdan chiqishning yagona yo’li sovet xukumatining taklifini qabul qilishi edi. 1955 yil San-Fransiskoda Suriya va SSSR tashqi ishlar vazirligi Xolid al-A’zam bilan Molotov o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Suriya xali ham kommunizmning tarqalishini istamayotgan G’arb davlatlari ta’siri ostida edi. Suriya va SSSr aloqalari mafaatli tarzda davom etdi. 1957 yil SSSr xukumati Suriyaga iqtisodiy va texnik ta’minot borasida yordam ko’rsatishga mo’ljallangan ikkitomonlama bitim imzolandi. Bu hamkorlikning maxsuli sifatida; temir yol va avtomagistral yo’llarining qurilishi, elekrt manbalari uchun damba, metallurgiya va neftni qayta ishlovchi zavodlar, Suriya hududida foydali qazilmalarni topish ishlarini ko’rishimiz mumkin. Shu maqsadlar uchun Suriya SSSR xukumatidan 78,750 oltin rubl (772168 gramm sof oltin) miqdorida yillik 5,2 % lik kredit oldi. Olingan kredit sovet mutaxassislarining maoshi va loyixalarning texnik ta’minotiga sarflandi. Suriya xukumati olingan kreditni 12 yil mobaynida to’lashni o’z zimmasiga oldi. 1966 yilning asosiy voqeasi Suriyaning Efrot daryosida plotina qurilishi bo’ldi. Bu loyiha uchun 120 mln rubl sarflandi. Bu danbaning balandligi 60 metr, kengligi 2,5 km bo’lib 800 mil kvt quvvatga ega. Bunday obektning qurilishi boshqa ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarni amalgam oshirishga imkon berdi. Ayniqsa 1963 yil 8 martdagi inqilobdan so’ng. Suriyaliklarning SSSR bilan hamkorligi butun iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Suriya olingan kreditni ishlab chiqarilgan mahsulot yoki valyuta ko’rinishida to’lashni zimmasiga oldi. 1969 yil Moskvada fan va texnikaning turli sohalarida mutaxassislar almashishini ko’zda tutuvchi bitim imzolandi. 1970 yil SSSR tomonidan 63 ta turli xil loyihalar amalgam oshirildi. Suriyaning shimoli va janubini bog’lovchi 1500 km temir yo’l qurildi.
Suriya iqtisodiyot vazirligining ma’lumotiga ko’ra 1989-1990 yillar mobaynida SSSR ga eksport qilingan Suriya mahsulotlari miqdori 1 mlrd 400 mln funt sterlingni tashkil etdi. SSSR tarqalib ketgandan so’ng ham Suriya Hamdo’stlik mamlakatlari bilan aloqalarini davom ettirmoqda.
Suriya Arab respublikasi 1991 yil 28 dekabrda O’zbekistonning mustaqilligini tan oldi. 1992 yil 23-24 aprel O’zbekistonga Suriya tashqi ishlar vaziri Faruq ash-Shar boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdai. Islom Karimov o’z qarorgoxida qabul marosimini uyushtirdi. Tashrif chog’ida ikki mamlakat o’rtasida diplomatic aloqalar protokoli imzolandi. O’zbek Suriya aloqalari o’ziga xos xususiyatga ega. Bu xususiyatlarni quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin; Efrot daryosidagi platina qurilishi jarayonida o’zbekistonlik mutaxassislar suriyalik hamkasblari bilan hamkorlikda ishladi, ilmiy tadqiqot sohasida; O’zbekiston Oliy o’quv yurtlarining Suriya uchun etishtirib bergan kadrlar, ayniqsa, O’zbekiston xukumati tomonidan 4 ming gektarni egallagan va barcha kerakli jixozlar bilan jihozlangan davlat fermasini sovg’a tariqasida Suriyaga berilganligida. Xalap, Miken, Damashq atroflarida 1979 yilda boshlangan bir qancha qo’shma loyixalar davom etayotganligiga qaramasdan O’zbekistonning mustaqillikka erishgandan keyin Suriya va O’zbekiston aloqalari etarli darajaga ko’tarilgani yo’q. albatta, bu o’zaro aloqalarning rivojlanishi ikki davlat o’rtasidagi do’stlik va hamkorlikning mustahkamlanishiga olib keladi.
Iqtisodiy hamkorlik
1999 yil ikki mamlakat o’;rtasidagi Tovar ayriboshlash 2mln AQSh dollariga etdi. Shu jumladan yarim millioni eksport, qolgani import mahsulotlari xissasiga to’g’ri keladi.
Bugungi kunga kelib O’zbekiston Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Vazirligi tomonidan Suriya investitsiyasi jalb etilgan 11 ta korxona ro’yxatga olingan. Bu korxonalarning 8 tasi qo’shma korxona bo’lsa, qolgan 3 tasi to’lig’icha Suriya kapitali asosida tashkil etilgan.
O’zbekiston Makroiqtisodiyot va statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko’ra 1999 yil qo’shma korxonalar tomonidan 30 ming AQSh dollariga teng eksport mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Xalq diplomatiyasi
(Xalqlar o’rtasida o’zaro aloqalar)
1990 yil 21-26 iyun kunlari Toshkent, Namangan va Samarqandda Suriya parlamenti a’zolari va talabalar ittifoqi raisi Xusayn Duayniy boshchiligidagi suriya delegatsiyasi ishtirokida O’zbekiston va Suriya do’stlik kunlari bo’lib o’tdi. Shuningdek, delegatsiya tarkibiga Suriyaning taniqli arboblaridan va “Omayya” xalq folklore ansambli a’zolari kirishgan edi. 1991-1997 yillarda Suriyaning mashxur rassomi Muhammad Gannum O’zbekiston Tasviriy San’at Akademiyasi ko’magida Toshkent, Samarqand va Buxoroda 4 marta shaxsiy ko’rgazmasini tashkil etdi. Uning bir necha asarlari parlament binosida va O’zbekiston Davlat San’at muzeyida saqlanadi.
Tarjimon: Nafisa Turdiqulova
Suriya Arab Respublikasidagi o’zbeklar
Suriya Arab Respublikasida bir necha ming o’zbekistonliklardan ( Buxoro) chiqqan fuqarolar yashashadi. Ular Suriyaning rivojlanishi va gullab yashnashi, shuningdek, bir butunligini ta’minlashda faol ishtirok etmoqdalar.Ular orasida ko’pchiligi tibbiyot xodimlari, advokatlar, davlat idoralarida xizmat qiluvchi pedagoglar, xarbiylar, tijoratchilar, hunarmandlardir. Ularning barchasi Suriyaga turli davrlarda kelgan shaxslarning avlodalari hisoblanadi. Kimlardir o’zbeklar uchun muqaddas bo’lgan va Damasgq shahrida joynlashgan Shamsharifda bilim olish uchun kelishgan bo’lsa, boshqalari Shamsharifda bilim olish uchun kelgan hamyurtlarining Damashq shahrida istiqomat qiluvchilar bilan teng huquqda ta’lim olishlarini ta’minlovchi maktablarni yaratishdi. Maktabning oxirgisi XX asr o’rtalarida yopildi. Zamonaviy Suriya tarixida maktab bitiruvchilari orasidan ko’plab yorqin mutaffakkirlar chiqqan. Shundan so’ng Damashqning mashhur rayoni Shurada maktab o’rnida al’-Afram masjiti barpo etildi. Emigrantlar orasida Xaj ziyoratiga keluvchilarga xizmat ko’rsatish uchun Damashq shahriga kelganlari ham mavjud. Ular bugungi kunimizgacha saqlanib qolgan Damashqda alohida machit va uy joylar qurishgan.
Damashqga o’zbekistonliklarning so’nggi ko’chib kelishi Chor Rossiyasining Turkustonni bosib olishidan keyinga to’g’ri keladi (Ruslar Turkistonni bosib olganidan so’ng besh Respublikaga bo’lishdi. Ular sovet Ittifoqi qulaganidan keyinmustaqil bo’lishdi:O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston). Ular orasida Qo’qon xoni Xudoyorxonning oilasi ham bor. Damashqda ularning avlodlari hozirgacha istiqomat qilishmoqda. Suriya poytaxtida hozirda ham Buxoro amirligidan ko’chib kelganlarning avlodlari yashashadi. Ular orasida yorqin mutafakkirlar, Buxoro amirligi armiyasining ofitser va soldatlari bor. Professor Muhammad al’-Buxoriyning otasi Abdusattor ibn Abdulqodirni ham ular sirasiga kiritishimiz mumkin. Damashqda qo’nim topgan tijoratchi va hunarmandlar al’-Maydon oazisida Buxoro mahallasini tashkil etishdi. Hozirda ushbu mahalladan asar ham qolmagan bo’lsada prof. Muhammad al’- Buxoriy uni doimo eslab turadi.
Emigrantlar al’-Azbakiya, al’-Muxajirin, Kasyun tog’idagi Annabaa, Assalixiya, Suksaruja, al’-Maydan, al’-Kadam singari Damashqning boshqa mahallarida ham istiqomat qilishgan. Hayotlsarining so’nggi kuniga qadar al’-Vard mahallasida joylashgan Attakiya al’-Muradiyada ham yashashgan (Xudoyorxonning qizi Fotima xonim bilan suhbatni prof. Muhammad al’-Buxoriy olib bordi.u chet davlatlarda istiqomat qiluvchi o’zbeklar bilan aloqa o’rnatuvchi “Vatan” madaniy jamoatining taklifi bilan 1980yilda O’zbekistonga tashrif buyurgandi. Fotima xonim hozirda farzandlari va nevaralari bilan Damashqda istiqomat qilishadi). Buxorodan kelgan kelgindilar Damashqning al’-Muxajirin, Assalixiya, Suksaruja va al’- Maydanda tijotrat do’konlari va hunarmandchilik ochishdi. Zamonaviy Suriya tarixida kelib chiqishi o’zbeklardan bo’lgan jamoat mutafakkirlari katta iz qoldirdi.
Nasoxi al’-Buxoriy
O’zbeklar Damashq va Suriya ommasi hayotida tom ma’noda, faol ishtirok etdilar. Ular orasida Damashqda 1881 yilda tug’ilib o’sha erda 1962 yil iyunda vafot etgan Nasoxi al’-Buxoriy ham bor. 1919 yil u Damashqning mashhur oilalarida hisoblangan Mamduxning qizi Rafikaga uylanadi. Istanbuldagi Usmon harbiy maktabi, shuningdek, shtab maktabini tugatib, Rais harbiy unvonini oldi, harbiy qo’mondon sifatida Bolqon urushida qatnashdi va asirga olinib, Sibirga surgun etilib, u erda 9 oy qolib, Birinchi Jahon urushida qatnashdi. Qochqindan so’ng 1916 yil boshida u Usmon davlatiga qaytib keldi. Keyin palkovnik sifatida Kavkaz urushida qatnashdi. Gazzadagi urushda Usmon armiyasining Suriyadan evakuatsiya qilinganiga qadar 7-armiyaga qo’mondonlik qilgan. Qirol Feysal I davrida u general mansabida Xalib shahridagi armiyaga qo’mondonlik qilgan. Keyin ikkinchi harbiy maslahat devoni rahbari sifatida tayinlandi. Shundan so’ng 1920 yil boshida qirol Feysal I davrida hukumat vakili sifatida tayinlanadi. So’ngroq u harbiy ishlar direktori etib tayinlanadi va ushbu mansabda 1921 yil oxirigacha davom ettiradi. 1939 yil 6-aprelda president Hoshim al’- Attasi boshqaruvida Bosh Vazir lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda shu yilning iyuliga qadar ishladi va fransuzlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmaganligi sababli iste’foga chiqishga ariza berdi. Biror partiyaga a’zo bo’lmagan bo’lsada turli yillarda qatar vazirliklarda vazir lavozimini egalladi. Jumladan, Ichki ishlar, Xavfsizlik, Ta’lim.
Suriya mustaqilligi uchun kurashgan Alyay (Livan) shahrida hukm qilinib 1916 yil 6mayda Bayrut shahrida boshqa qo’zg’alonchilar qatori qatl qilingan Jelyal al-Buhoriy Nasohi al’-Buxoriyning akasi hisoblanadi. U Usmon devonligidan hukm qilinib, Prusiyaga surgunqilingan, Damashq shahri olimlari maslahadxonasi vakili sifatida faoliyat yuritgan olim Salim al-Buxoriy o’g’li hisoblanadi. U XIX asr oxirida tuzilgan Damashq shahridagi hayriya jamg’armasi tashkilotchilaridan biri edi.Jamg’arma Islom Hayriya jamg’armasi deya nomlanib, shuningdek, u siyosatga oid savollar bilan ham shug’illangan. Jamg’arma tuzishning bosh tashkilotchisi Ashshayx Tohir al’-Jazoiriy edi. U Usmon hukumati boshqaruv tizimi Arab hududlarida demokratiya prinsiplaridan chetga chiqmoqda deb hisoblab, Usmon konstitutsiyasini (qonuniy jihatdan faoliyat yuritmagan ) kuzatib borishga chaqirardi (Yusuf al’-Xakim: Suriya va fransuz mandate. 332 b.).
Burxon Buxoriy
XXI asr boshida Suriyaning o’zbek diasporasi yana bitta mashhur ensiklopedist olimini yo’qotdi. 2010-yil 30-aprelda Burxon Buxoriy vafot etdi. Burxonning ota-onasi Farg’ona vodiysidan ko’chib kelishgan.Uning onasi Andijonda, otasi Marg’ilonda tug’ilgan. Ular Suriyaga ko’chib borib, qaerdaki 1941yil Burxon Buxoriy tug’ilgan, Damashq shahrida joylashadi.U Damashqning turli maktablarda tahsil olib, poytaxt universitetida falsafa va ingliz tilini o’rgandi va o’zidan keyin juda katta yozma tarixiy ko’rinishdagi qo’lyozma va ensiklopediya qoldirgan. U kompyuterda bir tildan 6ta jahon tillariga va aksicha tarjima qiladigan programmani tuzgan. Uning ko’plab loyihalari xali hayotga tadbiqini kutmoqda va ular jamoatchilik orasida katta xurmat va rezonans qozonadi deb o’ylanayapdi .
Burxon Buxoriy yoshligidanoq o’qituvchilik bilan shug’ullandi va bir necha metod va vositalar tuzuvchisi hisoblanib, bular zamonaviy tilda so’zlashuv maktab bolalarini o’qitishning ajoyib texnologiyalaridir. 1970-yil boshida u o’zi shaxsiy Suriyada kattalar o’rtasidagi bilimsizlikni bartaraf etish loyihasini tuzdi va qator safarlar uyishtirdi. Suriya va Livan qishloqlariga, shuningdek, Falastin qochoqlar lageriga. Ushbu loyihada qatnashish davomida u o’zining o’quv qo’llanmalarini bepul tarqatdi va Damashqda nashr etiladigan “al’-Baas” gazetasida bilimsizlikni bartaraf etish to’g’risida qator maqolalar chop ettirdi. U shuningdek, chet elliklar uchun arab tilini va arablar uchun chet tillarini o’qitish metodikasini ishlab chiqdi.
Uni o’sha hayriya safariga yaqin do’sti o’sha paytda Ta’lim Vaziri lavozimi va Arab Yozuvchilar Konfideratsiyasi a’zosi bo’lgan Adnan Bagaji hamrohlik qildi. Professor Muhammad al’-Buxoriy uni Burxon Buxoriyning Damashqdagi uyida bir necha bor uchratgan.
1977 yil Burxon Buxoriy O’zbekiston poytaxti Toshkentda chet elda istiqomat qiluvchi hamyurtlari bilan madaniy aloqalar olib boruvchi “Vatan” jamg’armasi tomonidan Ibn Sinoning 1000 yillik yubileyida ishtirok etish uchun taklif etildi. Bu taklif Burxon Buxoriyning akademik ishining boshlanishi bo’ldi va birinchi marta u adabiy matnlarni o’zbekchadan arab tiliga to’g’ridan- to’g’ri tarjima qilishni boshladi. Bunga qadar matnlarni rus tili orqali tarjima qilingan. Bu tashrif Burxon Buxoriy uchun O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan bir necha oyga cho’zilgan to’g’ridan-to’g’ri hamkorlik qilish imkoniyatiga aylandi. U birinchilardan bo’lib o’zbek-arab va arab-o’zbek lug’atining ilmiy negizini ishlab chiqdi. U o’zbek tilining borlig’i va uning arab tili bilan tarixiy aloqadorligi xususida qator ma’ruzalar qildi va ular faxriy yorliq bilan taqdirlandi (Suhbatni Toshkentda “Vatan” jamg’armasi taklifiga binoan tashrif buyurgan Burxon Buxoriy bilan prof. Muhammad Al – Buxoriy 1979 – yilda olib bordi). Damashqqa qaytib kelganidan so’ng u XX asrning 40-50 yillarda Damashqda istiqomat qiluvchi o’zbeklar hayoti xususidagi uzoq muddatli ilmiy va adabiy loyiha ustida ish boshladi. Loyiha yorug’lik yuzini ko’rishni kutayotgan yirikmiqdordagi axborotlar qayta ishlanmasini ko’rib chiqqandi. Burxon Buxoriy uni tugatishga ulgurmadi: loyixa qo’lyozmaligicha qoldi. Biroq Burxon Buxoriy o’zidan yirik yozma yodgorliklar, tarixga oid kitoblar va katta miqdordagi turli- tuman ensiklopediyalarni jamlagan ulkan kutubxonani qoldirdi. Kutubxona o’zida besh ming kitobni jamlagan, ammo uning adabiy she’rlar va bilimsizlik likvidatsiyasiga oid kitoblari yuqotilgan edi.
Uning akademik obro’-etibori 1983 yil el’- Quvayt universitetida mutaxassisligi bo’yicha faoliyat olib borayotgan davrida mustahkamlandi. O’sha davrda arab tili fonetikasi ustidagi tadqiqot ishlarida ishtirok etdi. U kompyuter texnologiyalarida yozma matnning ovozli tasnifini yaratuvchisi bo’ldi.
Shundan so’ng Burxon Buxoriy uch yilini Evropada o’tkazdi. 1984 yildan 1986 yilgacha Evropa ilmiy markazlari va universitetlariga tashrif buyurdi, qator konferensiyalarda qatnashdi va “Kompyuter tarjimalari” mavzuidagi xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etadi. U shuningdek, bir vaqtning o’zida dunyoning Xitoy va yapon tillaridan boshqa barcha tillariga (ular orasida o’zbek tili ham bor) tarjima qila oladigan oliy til nazariyasi bilan mashhur bo’lgan kompyuter tarjimasi nazariyasining ham yaratuvchisidir. Shuningdek, u barcha dunyo alfavitlarini matnini tera olishi mumkin bo’lgan kompyuter klaviaturasini yaratdi. So’ngroq al’-Buxoriy nomini olgan klaviaturalarning ommaviy ishlab chiqarilishini Britaniyaning Mono-tayp kompaniyasi ro’yobga chiqardi. 1986 yil Suriyaga qaytib kelgan Burxon Buxoriy “ Arab va islomiy merosini kompyuterdagi yozmasi” nomli ajoyib loyixasini jonlantirishga kirishdi.
Bu loyiha, asosan, o’n ensiklopediyadan tashkil topgan. Payg’ambarimiz xadislari haqidagi ensiklopediya ular ichidagi eng asosiy va muhimi. Shu paytgacha faqat bir tomi nashr etilgan bo’lib, qolganlari xali nashr etilishini kutmoqda. Shuningdek, Burxon Buxoriy o’zining poemalaridan tashkil topgan “ Nizar kabbani” ensiklopediyasini, va Birlashgan Arab Amirligidagi Abu Dabi akademiyasi bilan hamkorligida tayyorlangan islom davrigacha va hozirgi vaqtdagi shoirlarning poemalari ensiklopediyasini asosiy ishlaridan biri sifatida ta’kidlashimiz mumkin.
Burxon Buxoriy adabiy tanqidchilik bilan shug’ullandi, qisqa hikoyalar, romanlar, she’rlar va teatr dramalari yozdi. U iste’dodli journalist sifatida ham mashhur bo’lib, gazeta jurnallar uchun materiallar yozish, radio va TVda chiqishlar qildi. Bundan tashqari u qator kino ssenarialari va teatr dramalarining ham muallifidir. 1995 yildan boshlab esa u Damashqda chop etiladigan “Tishrin” gazetasining har haftasida o’zining yozgan materiallarini nashr qila bordi. Shuningdek, u “As-Saura” gazetasi uchun ham qator materiallar yozdi. 2002-2007 yillarda muallif tomonidan g’oyaviy va ilmiy fikrlarini qo’rqmasdan bildirilgan maqolalari katta g’oyaviy rezonansga sabab bo’ldi. Ular orasida qator jahon davlatlari boshliqlari manzili tomon yo’naltirilgan bir necha xatlar, jumladan, AQSH prezidenti Bill Klintonga ochiq xat bor.
Burxon Buxoriyning o’zi, Erfanning aytishicha, otasi ajoyib qobiliyat soxibi bo’lib boshqalardan ilgari dunyo o’zgarishlarini tahlil qila olgan AQSHdagi 11 sentyabr voqealaridan besh yil oldin yani 1996 yil “Tishrin” gazetasidagi maqolalarining birida birinchilardan bo’lib “ islomofobiya” terminini ishlatgan. Bularga qaramasdan uning haqiqiy mashhurligi uning birinchi maqolasining 1995 yil 15 oktyabrda “Tishrin” gazetasida nashridan boshlangan, ko’ramizki ushbu ajoyib insonning ko’p qirrali faoliyati uning atrofdagilarda haqiqiy ensiklopedik bilimini, tasavvurini murakkablashtiradi. Uning ilmiy muvaffaqiyatlari bilan tanish bo’lganalr o’zlaridan so’rashadi, qanday qilib bir vaqtning o’zida turli yo’nalishlarda o’zini shunchalik yorqin namoyish etish mumkin deb. Britaniyaga tashrifi vaqtida u bilan uchrashuvda mashhur Britaniyalik jurnalist Patrik Sil’ unga shuni aytadi “hujjatlarda sening o’rning bor, ammo nazariyotchi sifatida emas. Men sening hujjatli ishlaringni qo’llab quvvatlayman, ammo axboriylarini emas”. Burxon Buxoriy haqida arab elektron nashrlarida ko’plab materiallar chop etilgan.
Damashqda o’zbeklar tomonidan bino etilgan tarixiy yodgorliklar.
Damashq birinchi o’zbeklar o’zidan qoldirgan arxitektura yodgorliklari haqida so’z borganda ular ilmda va ta’limda ishbilarmon bo’lishgan. Ba’zi tarixiy manbalar o’zbeklarning XVII asr boshidan buyon yashaganliklarini ko’rsatadi. Manbalar orasida arab va islom tarixiy tadqiqotlari mutaxassisi bo’lgan Imad al’-Armashi muallifi hisoblangan Usmon machitiga aloqador ishlar bor va u hijriy 1108 yilda qurilgan al’-Muradi machiti haqida yozgan. Uni Murod bin Ali bin Daud bin Kamoliddin bin Solix bin Muhammadal’- Buxoriy anNaqshbandiy qurgan, u 1132 yilda vafot etgan.
Al’-Muradiya masjiti
Al’-Muradiya masjiti islom vaqfi hisoblanib 1899 yil qurilgan bo’lib Attakiya al’- Muradiya yoki al’-Naqshbandi masjiti nomi bilan mashhur. U eski Damashq devorlari ortidagi Suksaruja mahallasidagi al’-Vard ko’chasida joylashgan. Xajm jihatidan masjit unchalik katta bo’lmasada hozirgacha mavjud. al’-Muradi masjiti Muhammad Murod al’- Muradi tomonidan hijriy1108 yilda qurgtan. Ushbu masjit bir vaqtning o’zida Takya maktabi ham hisoblanadi. Unda katta eshik bor, ammo hozirda u yopiq. Biroq qurilishdan qolganlari shundan guvohlik beradiki, bugunda odamlar masjitga kichik eshik orqali kirishmoqda. Yonida oq va qora toshlardan qurilgan minora mavjud. Uning to’rtburchakli asosida hijriy1179 yil yozilgan (Qarang: “Zel’ Simar al’-makased” kitobi.251-b.).
“Haqiqatga yo’l ko’rsatuvchi minora eng yuqorisida qurilgan bo’lib tangrini yodaga soluvchi “Bismillo” so’zi yozib qo’yilgan. Tangriga tasanno aytuvchi har kim buni soat millariga teskari qilishgan. Shuning uchun ham namozga chaqiruvchilarni eshituvchi har kim “Ollohu Akbar”ni qaytarib sig’inishga borishgan”. Maktab maydoning namoz va qabriston uchun joyni egallagan qismi naqshinkor bo’lib uning shimoli -g’arbiy chetida dinni o’rganish bilan shug’ullanuvchlar uchun yettita xona ajratilgan. O’sha barcha xonalar qora toshlardan qurilgan keyinchalik XX asrning 20 yillari boshida unda Buxoro amirligidan kelgan qochoqlar yashashgan. Bu erda shuningdek, Buxoradan ko’chib kelganlar uchun hayriya jamg’armasi joylashtirilgan bo’lib unga Damashqda Buxoro amirligining so’nggi xazinaboni ham bo’lgan. Unga Shayx Muso Xodja boshchilik qilgan. Shuningdek , bu Buxoro amirligidan kelgan qochoqlarning umri oxiriga qadar uchrashib turishgan joy ham bo’lgan. Ularning so’ngisi XX asrning 60 yillarida vafot etgan. Professor al’-Buxoriy yoshligida o’zining tengdoshlari bilan uchrashuvlarini eslaydi. “ Bu erda maktab fayyasiga kattalar uchun tez-tez choy va osh olib kelishgan. Uning faoliyati Buxoro amirligidan kelgan qochoqlar uchun makon ekanligi bekor qilinganligidan so’ng to’xtadi”. Maktabning janubiy tomonida uchta ark. Ular- yirik arkli katta xona, oddiy shiftli odatiy mehrob va minbarli nomoz uchun joy qurilgan. Mehrobning o’ng tomonida yirik gumbaz va naqshinkor devor, uning tagida katta ikkita qabr bor. Aytishlaricha, bu Murod al’-Buxoriy va uning akasining qabrlari ekan. Qabrlarning birida hijriy 1160 yil sanasi bilan belgilangan doska bo’lib, unda shunday yozilgan: “ Yaratgan egamning hamma narsada “sodiq bo’lgan ko’rimli insonlardan biri va hamma vaqt barchaga barcha narsada yordam bergan qulining qabri. An’-Naqshbandi haqiqatdan taxsinga loyiq va uning hayoti ushbu uy singari ko’rkam bo’lgan”. Imad al’-Armashining tarix fanlari doktori al’-Ulyabiy o’zining “ Xutat Damashq” kitobida aytib o’tishicha machit al’-Muradiya tashqi maktabining bir qismi hisoblanib, qaysiki shayx Murod ibn Ali al’- Buxoriy an Naqshbandi bilan bir vaqtda qurgan. Mashhur shayx Muhammad Axmad Daxmanning aytishicha, eski minora va masjit Usmoniylar Sultoni Abdulhamid I boshqaruvi davrida 1759 yildagi zilzila tufayli vayron bo’lgan va qayta qurilgan. Buni doctor Qutayba ash Shaxabi usmoniy masjitlar xususida gapirib o’tganida ham ta’kidlagan. U yana ta’kidlardiki minora va masjit al’-Muradiy usmoniylar davrida Damashq namunasida mamlyuklar Arkashi (Arkash –bu qora va oq orasidagi rang ya’ni oq va qora o’rtasidagi rangni anglatadi) xukmi ostida qurishgan, ammo unga o’xshash Damashqdagi al’-Ajluniy va al’ –Kari masjitlariga nisbatan sustroq. Minora sakkizburchakli va unda arkashalr ko’p, oddiy chiziqlar va turli qora rangdagi tosh shakllar uchburchakli, oltiburchakli, sakkizburchakli va boshqalar. Sakkizburchakli minoraning tepasi kedr yong’og’i ko’rinishini kasb etgan.
Bab al’ Bariddagi al’-Muradiya masjiti
Imad al Armashining ta’kidlashicha, Damashq shahri al’-Asrumiya mahallasida joylashgan Bab al’ Bariddagi al’-Muradiya masjiti Murod bin Ali bin Davud bin Kamoliddin bin Solih bin Muhammad al’- Buxoriy an-Naqshbandiy tomonidan qurilgan. U hijriy 1132 yil (1719yil) da vafot etgan. Shayx Abdulqodir bin Badran o’zining “ Munadamet al’- Atlal’” kitobida aytishicha Bab al’ Bariddagi al’-Muradiya madrasasi etarlicha mashhurlikka ega. U ikkita katta kichik madrasadan iborat. Ikkinchisi sahovatpesha odamlar va bilimdonlar yashaydigan pastki va yuqoridagi xonalardan tashkil topgan. U erda “Damashq shahrining Askari” (“Askar goroda Damaska”) nomini olgan yirik kutubxona bo’lgan keyinroq uning boshqaruvchisi unga tegishli vaqf erlarining bir qismini sotib yubordi va talabalarga stipendiya to’lashni to’xtatdi. 1921 yilda bizning vaqtimizga qadar boshqa madrasalar kabi bo’sh qoldi. Talos qo’shib qo’ydi: undan keyin masjitdan (1942y) uning baquvvat eshigidan boshqa hech nima qolmadi, qolgan hammasi buzib tashlandi.
Imad al’- Armashi sezadiki Damashq masjidlari haqidagi ma’ruzasida Yasmin as-Shaam va Suk al’- Xamidiyadan uncha uzoqda bo’lmagan al’- Asruniya mahallasidagi al’-Muradiya Bab al’-Barid eski majchitini har bir qismini tarixiy aniqliklarigacha mustahkam tadqiq qilgan, ammo uni topmagan. Olimlardan birortasi uni qaerda joylashganini ma’lum qilar. Hijriy 1108 yil ikki machidni bino qilgan Xodja shayx Murod bin Ali Daud bin Kamoliddin bin Solix bin Muhammad al’- Buxoriyni tangrini o’zi avf etar. U Abul al’- Fodil Muhammad Xalil bin Ali al’- Muradiyning “Silk adirar fi a’yyan al karnafniashar” nomli kitobini topdi va kelib chiqishi buxorolik ammo Damashq shahrida tug’ilgan Abu al’- Muvadda al’-Mavliya Muhammad Xalil bin Assayed Ali bin Assayed Muhammad bin Assayed Muhammad bin Ali al’- Murodiy al’ Xusayni al’-Xanafi uning o’zi hisoblanadi.
U Damshqda tug’ilgan. U Qur’on tilovatini Shayx Sulaymon Addabraki al’- Masridano’rgandi va o’z davrining kuchli bilimdonlaridan taxsil oldi. Ilm- fan adabiyot, turk tilini o’rgandi. U o’zining amakivachchasi Assayed Abdulla ibn Assayed Taxir al’ Murodiydan so’ng Damashq shahri muftisi lavozimini egalladi. Shuningdek u hijriy 1192 yil sha’bonning 17 kunida olimlar maslahatida kotib lavozimini egalladi. O’sha paytda u Istanbul (Konstantinopol) da edi. So’ng Damashqqa boradi va hijriy 1205 yilga qadar muftiy lavozimini egalladi. Shundan keyin Xalib shahriga otlanadi, qaerda hijriy 1206 yil yosh paytida vafot etgan.
“Sil’k Addirar fi A’yyan al-Karn Assoni ashar” kitobi hijriy XIIasrni ifodalagan eng muhim tarixiy manbasi hosoblanadi. U 750 dan ortiq biografiyani qamragan 4 tomdan iborat. Birinchi tomi hijriy 1291 yil Istanbulda nashr etilgan bo’lib, to’rtinchi tomi esa hijriy 1301 yil Kairda nashr etilgan. Ushbu nashr ikkinchi marta adadlangan: birinchi marta Bog’dodda, ikkinchi marta Bayrutda. Kitob shunisi bilan betakrorki, unda hijriy XII asrda Usmonlilar tarixiga oid kamyob ma’lumotlarni, ayniqsa, Bilad Ashshaam tarixi yig’ilgan.
Al’-Afram masjiti va madrasasi
Tadqiqotchi va olim Iymad al’-Armashi arab islom tarixi va Damashqda qurilgan Mamlyuklar masjitlari bo’yicha mutaxassisi al’-Afram masjiti haqida ma’ruza yozgan. Ma’ruzada qayd qilinishicha, al’-Afram masjiti Damashqning eski devorlaridan tashqarida, al’-Muxajirin mahallasidagi Assalixiya hududining g’arbida joylashgan. Ushbu makon al’-Afram deb nomlanadi va al’-Afram va al’-Xavakir ko’chalarining kesishuvida joylashgan (Qarang: Qadim Damashq masjit va maktablarining electron xaritalari xususida qo’shimcha ma’lumotlar Yasmin ash- Shaam forumida chop etilgan./htts:yasmin-alsham.com/dmasmap). Masjid hijriy 706 (1306y) da mamlyuklar sultonining o’rinbosari Ashaam Jamoliddin Akosh Adavadari al’ –Mansuri al’ –Aframom tomonidan qurilgan. Damashqning mashhur tarixchisi al’-Xofiz ibn Kasirning tasdiqlashicha al’-Afram qurilishi hijriy 706 yilning Zulqajjasida tugatilgan. Shohning o’rinbosari bo’lgan shahzoda Jamoliddin Assalixiyadagi arrabat annasirida qurdirdi va har jumada chiqish qiluvchi voiz tayinlandi. Voiz sifatida qozi Shamsiddin Muhammad ibn Abu al’- Iz al’- Xanafi faoliyat yuritdi. Masjidning ochilish marosimida shohning o’rinbosari va ko’plab sudyalar ishtirok etishdi. Shaxobiddin mehmonlar uchun namozdan so’ng boy dasturxon tashkillashtirdi.
Yozmalarda shaxzoda Jamoliddin ba’zi bir boshqa manbalarda Jamoliddin Akosh al’- Afram Damashq o’rinbosari mamlyuklarning cherkeslaridan kelib chiqqan bo’lib, qirol al’-Mansur Kalyaunaning shogirti deyiladi. Bolalik davridanoq otda yurishni juda sevgan. U ustozi Kalyaunadan uni Ashaamga shaxzoda sifatida yuborishni so’raydi, ammo Kalyaun uni rad etadi va shunday deydi: meni davrimda emas. Tez orada Kabjakning (sobiq o’rinbosar) tatarlar oldiga qochib ketgandan so’ng u Damashq o’rinbosaligini oladi uning davrida qirol Qozon tatarlarining Bilad Ashshaamga qarshi urush kompaniyasi sodir bo’ldi. O’shanda al’-Afram Damashqni himoya qildi. Damashqning tatarlar tomonidan bosib olingandan so’ng Bilad Ashshaam Misrga ketishiga to’g’ri keldi. U har doim o’zining Damashq shahridan zavqlanishini gapiradi: agarda al’-Ablak saroyi va yashil maydoni bo’lmaganda men Misr qirolligidagi Beybars va Salyadni yolg’iz tashlab ketmasdim. Qirol Annasir unga nisbatan alohida e’tibor his qilib 11 yil davonida uzluksiz Damashq boshqaruv o’rinbosarligida qoldirganiga qaramasdan, baribir u o’zining xo’jayiniga sodiq bo’lib Beybars al’- Jashinkir tomoniga o’tib ketdi. U kelib chiqishi charkaslardan bo’lgani uchun ham doimo o’zini turklar orasida begonaday his qilardi. Akosh bolaligida Karasankar va Zardakaash bilan birga tatarlar qiroli Harbandaning oldiga qochib ketdi. U Karasankarga Maragma yerlarini va al’- Aframga Xamazon yerlarini berdi.
Tarixchi Axmad ibn Tulyun Assalixi o’zining “Al’ Kalyaid al’- Javxariya” kitobida al’-Afram masjitini ta’riflashida masjit minorasi bir qator g’ishtdan terilganini sezdi.
Tadqiqotchi Imad al’- Aframning yozishicha, Al’-Afram machiti chuqur o’rganilgan ilmiy-tarixiy ishlar mavjud. Ushbu masjidning madaniy shakli ibn Kasiri va ibn Tulyuka mehnatlarida ta’riflab berilgan biroq bu ishlarda minora va uning go’zalligi haqida hech qanday so’z yuritilmagan. Bu yozmalarda masjit, asosan, tosh va g’ishtdan shuningdek, taxta va loydan qurilgan deb aytiladi. Qurilishning injiner shakli texnalogiyalari va ta’mir ishlari haqida hech qanday qo’shimcha axborotlar yo’q.
Imad al’-armashi masjit minorasi haqida Muhammad Axmad Daxmanning “Rixab Damashq” kitobidagi yozmalarga tayanib o’zining ma’ruzasida shunday deydi: masjid minorasi Damashqda hijriy 1073 (1759)yil sodir bo’lgan “mashhur” zilzilada talofat ko’rdi. Usmonli sulton Abdulhamid I boshqaruvi davrida masjid qayta qurildi. Usmon boshqaruvchisi al’-Muslexa Madxata-pashi boshqaruvi davrida u butunlay olib tashlandi. Hijriy 1295 yil (1878yil)da uning toshlaridan yaqinida qurilgan ko’chalar qurilishida foydalanildi. Masjitni o’rab olgan asosiy qayta qurilganlarning barchasi hijriy 803yil (1401yil) Damashqqa Temur bostirib kirishi davrida talofat ko’rdi. Hech kim qayta ta’mirlash ishlariga kirishmadi, chunki masjit Damashqdan uzoqda joylashgan edi.
Masjit va minoraning shu tarzdagi buzilishlari hijriy 1327yil (1909yil) uning qayta qurilguniga qadar davom etdi. Tez orada masjit yana buzildi. Uchinchi marotaba u hijriy 1375yil (1955yil) qayta qurildi. Nemis sharqshunoslari Karl Vatsenger va Karl Vulzenger “Damashqning islomiy yodgorliklari” kitobida (241-248 betlar) Zukak azzaytunda joylashgan Al’-Afram masjiti zamonaviy masjit hisoblanadi va u eskisida bir qism toshlarinigina saqlab qolgan. Masjit xali ham o’z faoliyatini olib bormoqda, ammo biz uni ko’rib chiqmagan bo’lsakda, u hijriy 706 yillar atrofida qurilga deya tahmin qilamiz (Qarang: Kremer. 25-b./Al’fred fon Kremer (1828-1889yy) Avstriyalik sharqshunos, diplomat va siyosiy arbob. U Suriyaga 2yil (1849-1851yy) sayohat uyushtirdi. Bu kitob boshqa nemis tadqiqotchilari Karl Uilzinger va Karl Vatzingerlar foydalanishgan muhim manba hisoblanadi).
Shay Abdul Qodir ibn Badronal’- Mazza masjiti haqida qator suhbatlarda aniqladi. Men Annami ishlarining ko’chirmalari asosida al’-Mazza masjiti buzilgan va bir necha yil u erda sulton Sulaymon Azzaxira Beybars qiroli saroyi o’rnida (qasr al’- Ablyuk) o’zi uchun masjit va taqya (Attakiya Assulaymoniya) qurishga buyruq bermagunicha ibodat qilish to’xtatilganini ko’radi. Qurilish uchun asboblar ushbu masjit, shuningdek, Anneyrab masjitidan olingan. Demak, al’-Mazza masjitidan boshqa yana al’-Afram masjiti singari Assalixiya G’arbida sulton o’rinbosari tomonidan hijriy 706 yil qurilgan al’-Marjoni masjiti ham bor. Bu erda ham o’z nutqlari bilan chiquvchi voiz tayinlangan edi. Bu masjid bugun yo’qolgan. Vaholangki, u Arribat Annasri qarshisida turib va ularning har biri boshqasi bilan bir umr hayrlashardi.
Doctor As’ad Talas Damashq masjitlarini tadqiq qilishda (“Simar al Makased fi zika al’ Masajet” kitobida yozgan) bu masjit buzilganligini aytadi va (hijriy 1327 yil(1909y)) uning qurilishidan asar ham qolmagan, toshlaridan tashqari. Ulardan hijriy 1327yil (1909y) qayta quriladi. Buning uchun Buxoroning mashhur emigrandlaridan biri rahmatli Daud bin Abdujabbor, shayx Axmad Yassaviy ibn Mavlyana Shamsiddin Askandining nabirasiga raxmat. Uning nevaralari hozirgacha Damashqda yashashmoqda.
Masjit qumli maydoniga ega, janub tomonida namoz uchun joy, uning eshigida shunday yozilgan: “bu jami’ sharif Buxoro Ashrafandin shayx Axmad Yassaviy Sulaymon Vali Mavlono shayx Shamsiddin Askandi Salyasindin Ellman va Mashayx ndin Daud in ashshayx Abdujabbor tarafindin bina va ta’sis ul’ namshdi. Sanat 1328 tarixindin”. Nomoz uchun joy toshdan qurilgan bitta bino va zaldan iborat. Ular ustida daraxtdan shift bor. Unda gipsdan mehrob va kichik oynalar bor. Har to’rt devorda ikkitadan deraza mavjud. Nomoz uchun joyning yonining o’ng tomonida kichik bog’ bo’lib unda masjit qurilishini yangilagan inson qabri bor. U hijriy 1335 yilda vafot etgan machid go’zal toshli minoraga ega. Uni yuqorida eslatib o’tganimiz Ashshayx Daud qurgan. Unda janob Rida Afandi al’- Quvatli ko’maklashgan. Maydon atrofida uchta xonacha bo’lib, bolalar va etimlarni o’qitgan masjit va madrasa quruvchilarining bolalari yashashgan.
Bu erda shuni ta’kidlab o’tish muhimki, bu madrasa XX asrning 50-yillari o’rtalarigacha faoliyat olib borgan. Ularning bitiruvchilari orasida Damashqning etiborli yashovchilari ham bo’lgan. Ulardan biri sobiq iqtisodiyot vaziri Muhammad al’-Imadidir. Bu maktab vaqflar vazirligining o’zining vaqfi sifatida qurilishini olganidan so’ng yopilgan edi. Maktab va masjit to’lig’icha buzildi va uni bugungi kunda qanday saqlangan bulsa aynan o’sha qiyofada qurildi (Alya’ Addin al’-Buxoriyning Damashq shahrida yashovchi nevarasi Daud bin Abduljabbor bilan prof. Muhammad al’-Buxoriy suhbatidan. Suhbat Toshkentda “ Vatandosh” tashkiloti taklifiga ko’ra 1986 yilda O’zbekistonga tashrifida bo’lib o’tdi.).
Tatqiqotchi Imad al’-Armashiy Damashq masjitlari xususidagi ma’ruzalarida ta’kidlashicha, madaniy yozmalar shaklida chop etilgan aniq tarixiy tatqiqotlar bor. Unda belgilanishicha har qanday tarixiy yodgorlik masjit yoki madrasa bo’ladimi uni har safar qayta qurganimizda biz bu tarixiy yodgorliklarning boshlang’ich qurilishi qaytarib bo’lmaydi. Agarda masjit 3 marta qayta qurulsa yana bu turli davrlarga to’g’ri kelsa, u o’zining mamlyoklar davridagi ildizlardan ancha uzoqlashib ketadi. Mana shuning uchun ham al’-Afrom masjitining eski qiyofasidan asar ham qolmagan.
Qachonki men so’ngi marotaba 2010 yillarga ziyorat qilganimda men al’-Afromning yoki mamlyoklar davri hidini sezmadim va hattoki usmoniylar davrinikini ham, unga keng toshli fasadga ega zamonaviy masjitninigina topdim. Oddiy, hech bir bezak elementlarisiz. Fasad nomoz joyiga chiquvchi keng oynalardan tashkil topgan. Tepasida kichik ikki deraza ularning o’rtasida ustunga tayangan chiroyli oyna. Bu oyna chiroyli toshli naqsh bilan bezatilgan, tepasida qator arklar bor. Fasadning o’rtasida toshli peshtaxta. Unda chiroyli husnixat uslubida o’yib yozilgan: ”al’-Afram nomidagi masjit”.
Masjit devorida bezaklar bor. Biroq o’sha tarixiy davrda qurilgan bunaqa masjit mos emas. Tiklangandan so’ng minora mamlyuklarning engil uslubida bezalgan Ashshaam minorasi ko’rinishini oldi. Minora sakkizburchak ko’rinishini olgan bitta qavatdan tashkil topgan va chiroyli arklar bilan bezalgan ayvondan iborat. Ayvon pasti lenta ko’rinishidagi rim uslubidagi dekoratsiya va u ham sakkizburchakli kesilgan toshli ustunga ega. Minora tepasida yarimoy bo’lib, u xuddi 1990 yilda bunyod etilganday.
Nomoz uchun joy oddiy va mamlyuklar qiyofaga mos umumiy hech nimaga ega emas. Uning mehrob va minbar boshqa zamonaviy masjitlar singari XX asrning o’rtalarida qurilgan.
Masjit xalqaro ahamiyatga ega tarixiy yodgorlik sifatida matn, rasmlari va xaritalari ”al’- Afram masjiti №221” nomi ostida 2006 yil ro’yhatga olingan. Bu haqida professor Godran Krimera Dorsi Sassik redaksiyasi ostidagi nemis tadqiqotchilari Vibera va Stefonning XIX-XX asrlarda Damashq shahridagi qurilishlar va Usmon jamoatchiligi” kitobining tomlaridan birida aytilgan.
Doctor Muhammad al’-Buxoriy o’tgan asrning 50 yillarida otalari bilan ziyorat qilgan bu masjit va madrasani eslaydi:
“Zukak al’-Maxkamadan Zukak Innaraning Assalixiya maxallasiga keyin Zukak Ber attuti. Zukak al’-uliya va Zukak al’-xavakir yo’llarida yurganimni eslayman, qaerdaki usta hunarmandlarning sopoldan tarelka va turli ko’zalar yaratishardi. Shu erdan Shuro tepaligida uncha keng bo’lmagan uylar orasidan yayov bordik va u erda o’sha davrning ko’rimli siyosatchisi Faris al’-Xuriyuyi bor va masjit va madrasaga qadar suv satxi etarlicha yuqori bo’lgan daryo bor. O’sha paytlarda u baland daraxtlar orasida joylashgandi, hozirda o’tgan asrning 60-yillarida qurilgan zamonaviy yashash joylari yonida Adnan al’- Maliki nomidagi park hosil bo’lgan. Tashriflaridan birida men katta otni so’yishga tayyorlanayotganini ko’rganman. Uning go’shti Buxoro emigrantlari oilasi o’rtasida bo’lingan edi. O’sha kuni ot go’shtidan osh va boshqa turli taomlar tayyorlangandi. Men hayotimda birinchi marotaba o’shanda ot go’shtidan tatib ko’rgandim va o’sha kuni bu erga Livan, Iordaniya, Iroq va Saudiya Arabistonida yashovchi buxorolik tijoratchilar kelishgandi. Ular Damashqda o’zining qarindoshlarini ko’rishga kelishib, xaridlar qilishdi va qaytib ketishdi.
Demak, biz sizlar bilan Suriyalik o’zbeklar hayoti va tarixiga qisqa sayoxat uyushtirdik, ularning tarixiy yodgorliklarini o’rgandik. Vaholangki, bu aynan shu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlar uchun O’zbekiston va Suriya xalqlarining bir necha asrlik millatlararo hamkorligiga uncha katta bo’lmagan sahifa ochdi. Biz aniq ko’rdikki, Damashqda o’zbeklar o’zlarining ko’chalarini, masjitlar, madrasalarini qurishdi, barcha sohalarni egalladi. Ular orasida Suriyaning zamonaviy tarixida yorqin iz qoldirgan mashhur jamoatchilik va siyosatchilar bor.
Tarjimon: Nafisa Turdiqulova
1 комментарий:
Уважаемый Мухаммад! Вы сделали благородное дело, описав историю узбеков Сирии, которые смогли сохранить свою культуру и традиции, в чем я сам убедился неоднократно посещая Дамаск и встречаясь с представителями узбекской диаспоры. Я благодарен Вам, что Вы как истинный патриот узбекского народа, дал возможность народу Узбекистана ближе узнать о своих соотечественниках. Уверен, что Вы продолжите описание жизнь наших соотечественников как в Сирии, так и в других странах арабского мира, где издревле проживают потомки узбекского народа и смогли сохранить свою культуру, живут в мире и в согласии с народами арабских стран, которые близки по своей культуре и традициям к народам Узбекистана. Удачи Вам в Вашей благородной работе! Всех Вам благ!
С уважением, Ваш друг и соратник, Тажидин
Отправить комментарий